La Ligada sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi sovriniga nomzodlar ma’lum bo‘ldi.
Sovrin uchun uch nafar mutaxassis da’vogarlik qilmoqda:
Xans-Diter Flik ("Barselona") – oy davomida 4 ta o‘yin, 4 ta g‘alaba. To‘plar nisbati – 19:5;
Diyego Simeone ("Atletiko") – 3 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat. To‘plar nisbati – 9:4;
Manuel Pellegrini ("Betis") – 3 ta g‘alaba, 1 ta durang. To‘plar nisbati – 5:2.
Sovrin sohibini muxlislar va ekspertlar ovoz berish natijalariga ko‘ra aniqlaydi.













