Angliya — Ispaniya uchrashuvi oldidan har ikki terma jamoaning yetakchi futbolchilaridan tuzilgan ramziy tarkib e’lon qilindi.
Score90 talqiniga ko‘ra, ramziy jamoadan Ispaniyaning 7 nafar, Angliyaning esa 4 nafar futbolchisi joy olgan.
Darvozabon pozisiyasi Unai Simonga berilgan. Himoya chizig‘ini Mark Kukurelya, Emerik Lyaport, Pau Kubarsi va Trent Aleksander-Arnold tashkil etgan.
Yarim himoyada Jud Bellingem, Rodri va Pedri tanlangan bo‘lsa, hujum uchligi Entoni Gordon, Xarri Keyn hamda Lamin Yamaldan iborat.
Angliya va Ispaniya o‘rtasidagi Millatlar ligasi A divizioni 3-guruhining dastlabki tur uchrashuvi 26 sentyabr kuni Londondagi "Uembli" stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 23:45 da start oladi.














