"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi klub bilan yangi shartnoma masalasini muhokama qilmayapti.
Ayni paytda tomonlar o‘rtasida argentinalik futbolchining kelajagi bo‘yicha hech qanday muzokara olib borilmayapti. Bu haqda "The Touchline" jurnalist Xose Armandoga tayanib xabar berdi.
Messining "Inter Mayami" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil oxiriga qadar mo‘ljallangan. Kelishuv shartlariga o‘zgartish kiritish mumkin, ammo hozircha bunga ehtiyoj yo‘q, deb hisoblanmoqda.
Lionel Messi 2023 yil yozidan beri "Inter Mayami" safida to‘p tepmoqda. Joriy mavsumda 39 yoshli futbolchi Florida klubi tarkibida 28 ta o‘yin o‘tkazib, 24 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
6 oktyabr kuni Messining Argentina terma jamoasi safidagi xayrlashuv uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.













