Bugun, 24 sentyabr kuni UYEFA Millatlar ligasi A divizioni 2-guruhining birinchi turida Niderlandiya va Germaniya terma jamoalari o‘zaro maydonga tushadi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.
Tahlilchilar fikricha, har ikki jamoaning g‘alaba qozonish imkoniyati bir xil — 37,4 foizdan.
Durang ehtimoli esa 25,2 foiz deb baholangan.
Niderlandiya va Germaniya so‘nggi bor 2024 yil kuzida o‘zaro uchrashgan.
O‘shanda Germaniya terma jamoasi 1:0 hisobida g‘alaba qozongan.













