Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klubdagi o‘yin amaliyotidan qat’i nazar Estevaoni terma jamoaga chaqirish niyatida ekanini ma’lum qildi.
«Chelsi»ning 19 yoshli hujumchisi londonliklar tarkibida sira to‘liq o‘yin o‘tkazmagan holda barcha musobaqalarda 6 ta bahsda maydonga tushdi.
«Biz uchun Estevao, boshqa yosh futbolchilar kabi, juda va juda muhim. U o‘z klubida o‘ynamasa va maydonga tushmasa ham, men uni chaqiraveraman.
Gap shundaki, biz uni kelajak uchun juda muhim deb hisoblaymiz va unga o‘z ko‘rsatkichlarini yaxshilashi uchun imkoniyat bermoqchimiz», — deydi Anchelotti.













