Fransiya terma jamoasi Millatlar ligasining 1-turida Turkiya ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuv Turkiyadagi Kocaeli Stadyumu stadionida bo‘lib o‘tdi.
O‘yindagi yagona golni ikkinchi bo‘limda Kilian Mbappe kiritdi. Gol urilgan hujum vaqtida forvard jarohat oldi va keyinchalik uning o‘rniga Dezire Due maydonga tushdi.
Maydon egalari uchrashuvni bir kishi kam bo‘lib yakunlashdi — 87-minutada Ugurjan Chakir maydondan chetlatildi.
28 sentyabr kuni Millatlar ligasining 2-turida Turkiya Italiya bilan, Fransiya esa Belgiya bilan kuch sinashadi.













