Kirish Ro'yxatdan o'tish

Zidan: «Dembele meni ajablantirmaydi, u pressing borasida aqlli o‘yinchi»

Zidan: «Dembele meni ajablantirmaydi, u pressing borasida aqlli o‘yinchi»

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Millatlar ligasi doirasida Turkiyaga qarshi kechgan o‘yindagi g‘alabadan so‘ng (1:0) Manu Kone va Usman Dembelening o‘yiniga baho berdi.

«Manu bu pozisiyada o‘ynashga odatlanmagan, men aynan shu yerda u o‘zini qanday ko‘rsatishini ko‘rishni xohlagandim va u balans nuqtai nazaridan juda yaxshi o‘ynadi. Usman meni ajablantirmaydi, u pressing borasida aqlli o‘yinchi. Hamma raqibni yuqorida kutib olishda va to‘pni koldirmasdan imkon qadar tezroq qaytarib olishga harakat qilishda yaxshi o‘ynadi», – dedi Zidan TF1 nashriga.

Millatlar ligasining 2-turida Fransiya Belgiya bilan o‘ynaydi, Turkiya esa Italiya bilan kuch sinashadi. Har ikkala o‘yin 28 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 07:52, 26.09.2026.
O'qildi: 540 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик