«Feyenoord» himoyachisi Djerri Sen-Jyust Niderlandiyada Portugaliya klublarining g‘alabalariga deyarli e’tibor berilmasligini aytdi.
"Men haqiqatan ham bir nechta top-klublarga o‘tishga yaqin kelgandim. Bir paytlar muzokaralar juda aniq tus olgandi. «Bavariya»ga o‘tishga juda yaqin edim.
O‘sha yili ikkala yelkamdan ham operasiya qildirdim. Shundan keyin ular bilan boshqa muammo bo‘lmadi, ammo transfer ham amalga oshmadi. «Bavariya»dagilar ochiqchasiga: «Endi bu transferni amalga oshira olmaymiz», deyishdi.
Ba’zida «Bavariya» yoki Dortmundga o‘tganimda nima bo‘lardi, deb o‘ylayman. Hatto 2021 yilgi Yevropa chempionati uchun Niderlandiya terma jamoasining kengaytirilgan tarkibiga ham kirgandim, garchi maydonga tushmagan bo‘lsam-da.
Keyin «Sporting» safida Chempionlar ligasida ham o‘ynadim. Biz «Arsenal»ni, «Manchester Siti» va «Tottenxem»ni mag‘lub etdik. Ammo Niderlandiyada bunga deyarli hech kim e’tibor bermadi. Shunday bo‘ladi: Portugaliyaga ketasan va asta-sekin odamlarning nazaridan chetda qolasan", — dedi Djerri.













