Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kyeza «Liverpul»dagi holatidan norozi — u ketishni o‘ylamoqda

Kyeza «Liverpul»dagi holatidan norozi — u ketishni o‘ylamoqda

Baho:
+ | -

«Liverpul» futbolchisi Federiko Kyeza qishki transfer oynasida klubini almashtirishi mumkin.

Transfer News Live nashri TuttoJuve’ga tayanib xabar berishicha, 28 yoshli futbolchi mersisaydliklar safidagi hozirgi holatidan norozi va yanvar oyida jamoani tark etish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda.

Kyeza Italiya terma jamoasiga qaytishni istaydi. Biroq u Premyer-liga grandining asosiy tarkibidan joy olish imkoniyati unchalik yuqori emasligini tushunib turibdi. Doimiy o‘yin amaliyotisiz esa milliy jamoadan joy olish qiyin.

Federiko Kyeza joriy mavsumda hali maydonga tushgani yo‘q.

Italiyalik futbolchi 2024 yil yozida «Yuventus»dan «Liverpul»ga o‘tganidan buyon klub safida 50 ta uchrashuv o‘tkazib, 5 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 03:48, 28.09.2026.
O'qildi: 402 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик