Kirish Ro'yxatdan o'tish

Solbakken: «Biz yaxshiroq o‘ynadik»

Solbakken: «Biz yaxshiroq o‘ynadik»

Baho:
+ | -

Norvegiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stole Solbakken UEFA Millatlar ligasining 2026/2027 yilgi mavsumi 2-turi doirasida Portugaliyaga qarshi o‘tkazilgan va 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan uy uchrashuvi xulosalarini chiqardi.

«Biz yaxshiroq o‘ynadik, biroq mehmondagi o‘yin bundan ham qiyinroq bo‘ladi. Biz g‘alaba qozonishimiz kerak edi, ustunroq ko‘rindik, lekin futbolda ba’zida shunaqasi ham bo‘lib turadi. To‘pga egalik qilishda ustunlikka ega edik va xavfliroq vaziyatlar yaratdik, ammo ularni golga aylantira olmadik. Hisobni tenglashtirganimizdan so‘ng qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydik, yana gol o‘tkazib yubordik va boshqa raqib darvozasini ishg‘ol eta olmadik», — deydi Solbakkenning so‘zlarini UEFA rasmiy sayti.

Norvegiya terma jamoasi ikki o‘yindan so‘ng uch ochko to‘plab, UEFA Millatlar ligasi A ligasi 4-guruh turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa navbatdagi o‘yinlarini 1 oktyabr kuni Uels va 4 oktyabr kuni Portugaliyaga qarshi o‘tkazadi. Har ikkala uchrashuv ham raqiblar maydonida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 07:02, 28.09.2026.
O'qildi: 248 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик