Kirish Ro'yxatdan o'tish

Samir Nasri Fransiya terma jamoasining asosiy muammosini aytib o‘tdi

Samir Nasri Fransiya terma jamoasining asosiy muammosini aytib o‘tdi

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Samir Nasri «uchranglilar»ning o‘yini haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Angliyada bo‘lgani kabi Fransiyada ham o‘ziga xos o‘yin uslubi (identichnost) yo‘q. Hozirgi avlodimizda iqtidorlar juda ko‘p, ammo ular hujumkor futbolchilardir. Bizda ularga uzatma bera oladigan yarim himoyachilar yo‘q.

Ispaniya esa — o‘yin filosofiyasi degani. Yoshlarning barchasi jamoada qanday o‘ynashni bilishadi. Siz o‘n bitta yangi o‘yinchini, yangi murabbiyni qo‘yishingiz mumkin va Ispaniya terma jamoasi baribir bir xil o‘ynayveradi. Bu ularning o‘ziga xos o‘yin uslubidir.

Zidanga kelsak, xulosa chiqarishdan oldin biroz kutib turaman. Men o‘ziga xos o‘yin uslubini ko‘rishga umid qilyapman. Ammo uning ixtiyorida bo‘lgan o‘yinchilarga qarasam, yarim himoyada ularga qiyin bo‘lishini ko‘ryapman», — deydi Nasri CANAL+ ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatida Fransiya terma jamoasi yarim finalgacha yetib borib, unda Ispaniya terma jamoasiga imkoniyatni boy bergan edi. 3-o‘rin uchun kechgan bahsda esa fransuzlar Angliya terma jamoasiga imkoniyatni boy berishdi.

Kiritildi: 07:36, 28.09.2026.
O'qildi: 458 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик