«Chelsi» «Atletiko» himoyachisi Markos Lyorentega qiziqish bildirayotgan klublar qatorida.
London klubi 31 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun kurashda «Bavariya» bilan raqobatlashishi mumkin.
Lyorentening Madrid klubi bilan shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga yetadi. Bu esa «Chelsi»ga futbolchini yanvar oyida katta bo‘lmagan summa evaziga yoki kelasi yozda erkin agent sifatida tekinga qo‘lga kiritish imkonini beradi.
Lyorente o‘ng qanot himoyachisi sifatida ham, yarim himoyaning qanoti yoki markazida ham harakat qila oladi.













