Kirish Ro'yxatdan o'tish

Yamal: "Hamza Misr futboli tarixida o‘z nomini qoldirishi mumkin"

Yamal: "Hamza Misr futboli tarixida o‘z nomini qoldirishi mumkin"

Baho:
+ | -

"Barselona" futbolchisi Lamin Yamal 18 yoshli klubdoshi Hamza Abdulkarimning kelajagi haqida fikr bildirdi.

Kataloniya klubi yozda yosh misrlik futbolchini Qohiraning "Al-Ahli" klubidan sotib olgan edi. Xans-Diter Flik hozircha istiqbolli hujumchiga rasmiy o‘yinlarda ko‘p imkoniyat bermayapti, ammo uning mavsumoldi uchrashuvlaridagi harakatlaridan mamnun qolgan.

— Abdulkarim Muhammad Salohning yo‘lini takrorlay oladimi?

— "Saloh — buyuk futbolchi, Premyer-liga tarixidagi eng mashhur afrikalik yulduzlardan biri. Hozircha bunday taqqoslashlar uchun erta. Hamzaning qanday rivojlanishini ko‘ramiz.

U muvaffaqiyatga erishish va Misr futboli tarixida o‘z nomini qoldirish uchun kerakli sifatlarga ega. Umid qilamanki, buning uddasidan chiqadi", — dedi Yamal jurnalist savoliga javoban.

Abdulkarim "Barselona" asosiy jamoasi safidagi debyutini 1 sentyabr kuni La Liga doirasida "Rayo Valyekano"ga qarshi o‘yinda o‘tkazgan.

Kiritildi: 10:25, 28.09.2026.
O'qildi: 382 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик