"Barselona" vingeri Lamin Yamal afrikalik futbolchilarning "Oltin to‘p" uchun kurashdagi imkoniyatlari haqidagi savolga javob berdi.
19 yoshli futbolchi Ispaniyada tug‘ilgan va xalqaro maydonda Ispaniya terma jamoasi sharafini himoya qiladi. Biroq uning afrikalik ildizlari ham bor: otasi marokashlik, onasi esa Ekvatorial Gvineyada tug‘ilgan.
"Afrikalik ildizlarga ega futbolchilar uchun afrikaliklarni "Oltin to‘p" marosimi sahnasida yoki nomzodlar orasida ko‘rish doimo alohida faxr.
Albatta, hamma narsa futbolchining kelib chiqishiga emas, balki uning o‘yiniga bog‘liq bo‘lishi kerak. Ammo kelajakda "Oltin to‘p" uchun da’vogarlar orasida tobora ko‘proq afrikalik futbolchilarni ko‘rishga umid qilaman.
Bu barchamiz uchun faxrlanishga sabab bo‘ladi", — deya Laminning so‘zlarini Barca Universal keltirdi.
Yamal joriy yilgi "Oltin to‘p" uchun asosiy da’vogarlardan biri sifatida qaralmoqda. G‘olib nomi 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadigan marosimda e’lon qilinadi.













