Kirish Ro'yxatdan o'tish

Tuxel Keynning barcha o‘yinlarda ishtirok etish istagini izohladi

Tuxel Keynning barcha o‘yinlarda ishtirok etish istagini izohladi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel kuchini tejashni istamayotgan jamoa sardori Xarri Keyn haqida fikr bildirdi.

"Bavariya" hujumchisi joriy yig‘in doirasida Millatlar ligasidagi barcha to‘rtta uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashni juda xohlashini aytgan edi.

"Rostini aytsam, men ham rotasiyadan mamnuniyat bilan voz kechardim, ammo buning imkoni borligiga ishonchim komil emas.

Ideal holatda har bir o‘yinda biz to‘liq ishonadigan kamida olti-etti nafar asosiy futbolchini maydonga tushirgan bo‘lardim. Ularga mas’uliyat yuklab, ishonchimizni his qilishlariga imkoniyat bergan bo‘lardik.

Ammo bunday qilishning imkoni bo‘lmasa kerak. Ko‘ramiz", — deya Tuxelning so‘zlarini Standard keltirdi.

Angliya avval Ispaniyaga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi. Endi jamoa 29 sentyabr kuni safarda Chexiyaga, 3 oktyabr kuni Xorvatiyaga qarshi o‘ynaydi va 6 oktyabr kuni Chexiyani o‘z maydonida qabul qiladi.

Kiritildi: 10:38, 28.09.2026.
O'qildi: 277 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик