Yevropada Lissabonning "Benfika" va Fransiyaning "PSJ" klublarida to‘p tepgan portugaliyalik yarim himoyachi Renatu Sanshesh faoliyatini Braziliya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Footmercato xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, 29 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga Braziliyaning "Korintians" klubi qiziqish bildirmoqda.
Ayni paytda "Korintians" safida niderlandiyalik Memfis Depay va angliyalik Jessi Lingard ham to‘p tepmoqda.
Sanshesh hozirda erkin agent maqomida. Avvalroq matbuotda portugaliyalik futbolchining Ispaniyaning "Xetafe" klubiga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi, ammo transfer amalga oshmadi.













