"Atletik" va Ispaniya terma jamoasi qanot hujumchisi Niko Uilyams faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin.
The Mirror va The Telegraph ma’lumotlariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" kelasi yozda tarkibni kuchaytirish uchun katta mablag‘ sarflashni rejalashtirmoqda.
"Qizil iblislar"ning ustuvor transfer maqsadlari ro‘yxatida Niko Uilyams ham bor. Uning "Atletik" bilan shartnomasida 95 million yevro miqdoridagi tovon puli belgilangan.
Xabarlarga ko‘ra, bu summa "Manchester Yunayted" uchun muammo bo‘lmaydi va ingliz grandi futbolchining tovon pulini to‘lashga tayyor.
Joriy mavsumda 24 yoshli Niko Uilyams Ispaniya chempionatida 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.













