"Bryugge" klubining chap qanot himoyachisi Xoakin Seys yana "Manchester Yunayted" tarkibini kuchaytirish variantlaridan biriga aylandi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, "Manchester Yunayted"ning asosiy transfer maqsadlaridan biri bo‘lgan Nataniel Braun yozda "Bavariya"ga o‘tdi. Klub tomonidan ko‘rib chiqilgan yana bir futbolchi Lyuis Xoll esa "Nyukasl" bilan yangi shartnoma imzoladi.
Shundan so‘ng "qizil iblislar" Xoakin Seys variantiga qaytishni rejalashtirmoqda.
21 yoshli futbolchi joriy mavsumda barcha musobaqalar hisobida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Seysning "Bryugge" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 20 million yevroga baholamoqda.













