«Barselona» yangilangan «Kamp Nou» stadionida yana qariyb 2 mingta VIP-joyni sotishni rejalashtirmoqda.
The Touchline ma’lumotiga ko‘ra, klub hozirga qadar qariyb 5 mingta VIP-joyni sotgan va bu 380 million yevrodan ortiq daromad keltirgan.
Qolgan joylar ham sotilgan taqdirda, «Barselona»ning VIP-joylar savdosidan oladigan umumiy daromadi qariyb 700 million yevroga yetishi mumkin.
«Barselona» «Kamp Nou»da rekonstruksiya ishlari hali to‘liq yakunlanmagan bo‘lsa-da, uy uchrashuvlarini ushbu stadionda o‘tkazmoqda.
Avvalroq xabar qilinganidek, 2026/27 yilgi mavsum yakunlanganidan keyin kataloniyaliklar vaqtincha «Olimpiya stadioni»ga qaytishi mumkin. «Kamp Nou» tomini o‘rnatish ishlari sabab jamoa 2027 yil iyundan 2028 yil yanvarga qadar o‘sha stadionda o‘ynashi rejalashtirilgan.













