«Real» himoyachisi Raul Asensio klubni o‘zgartirish imkoniyatiga ega. Unga «Liverpul», «Chelsi» va Turkiya chempionatining nomi oshkor qilinmagan klubi da’vogarlik qilmoqda.
O‘tgan yozda «Liverpul» hatto Asensioga taklif bilan chiqqan edi. Ammo futbolchi Angliyaga ko‘chib o‘tishni rad etdi. Qishda APL klublari Raulni sotib olishga yana bir bor urinib ko‘rishlari mumkin.
Ta’kidlanishicha, futbolchining o‘zi hozircha «Real»da qolish va asosiy tarkibdagi o‘rin uchun kurashish niyatida. Ammo vaziyat o‘zgarishi mumkin, chunki Joze Mourinyo unga umid bog‘lamayapti.













