Madridning «Real» klubi va Braziliya terma jamoasi yulduzi Vinisius Junior ayni paytda o‘ziga bo‘lgan ishonchni qayta tiklashi kerakligini aytdi.
«Jamoadoshlarim hozir menga o‘z kuchimga bo‘lgan ishonch kerakligini bilishadi. Jahon chempionatidagi omadsizlikni qabul qilish juda og‘ir. Mag‘lubiyat bilan murosa qilish qiyin, bunday holatdan keyin o‘zingga kelish esa hech qachon oson bo‘lmaydi», — deya Vinisiusning so‘zlarini insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi jahon chempionatining 1/8 finalida Norvegiyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etgan edi.
Joriy mavsum La Ligada Vinisius yettita uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.













