«Barselona» vingeri Lamin Yamal Ispaniya terma jamoasi tarixida bir o‘yinda uchta golli harakat qayd etgan eng yosh futbolchiga aylandi.
UEFA Millatlar ligasida Xorvatiyaga qarshi 4:1 hisobida yakunlangan uchrashuvda 19 yoshli futbolchi dubl qayd etdi, shuningdek, Mark Pubilga golli uzatmani amalga oshirdi.
Shu tariqa, Yamal Ispaniya terma jamoasi tarixida bir o‘yinda 2 ta gol va 1 ta assist qayd etgan eng yosh futbolchi bo‘ldi. Uchrashuv kuni u 19 yoshu 78 kunlik edi.
Avvalgi rekord Raul va Xoseba Echeberriyaga tegishli edi. Har ikki futbolchi ham 21 yoshu 273 kunligida terma jamoa safida bir o‘yinda uchta golli harakatni amalga oshirgan.













