Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Olti karra Fransiya chempioni «Bordo» klubni ramziy 1 yevroga sotish bo‘yicha kelishuv e’lon qildi

Olti karra Fransiya chempioni «Bordo» klubni ramziy 1 yevroga sotish bo‘yicha kelishuv e’lon qildi

Baho:
+ | -

«Bordo» klubi jirondinlarning amaldagi egasi Jerar Lopes kompaniyasi klubni inglizlarning Park Bench kompaniyasiga topshirishi bo‘yicha kelishuv imzolanganini ma’lum qildi.

Avgust oyida Parij ma’muriy sudi «Bordo»ning shikoyatini rad etdi va Fransiya futbol federasiyasining (FFF) klubni milliy musobaqalardan chetlatish haqidagi qarorini tasdiqladi.

«Bitim klub qarzlarini o‘z zimmasiga olish sharti bilan ramziy 1 yevro evaziga tuzildi. Qonunda belgilangan tartib doirasida xaridorlar yaqin kunlarda Yangi Akvitaniya futbol ligasining boshqaruvni nazorat qilish mintaqaviy komissiyasida eshituvdan o‘tadi.

Ushbu kelishuvning imzolanishi “Bordo” futbol klubining kelajagi uchun muhim bosqich hisoblanadi», — deyiladi klub bayonotida.

Kiritildi: 15:50, 30.09.2026.
O'qildi: 444 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик