Krishtianu Ronalduning do‘sti va taniqli jurnalist Edu Agirre futbolchining Portugaliya terma jamoasidan ketishi haqida hissiyotlarga boy fikr bildirdi.
Hujumchi bosh murabbiy Jorje Jezush bilan yuzaga kelgan mojaro sabab Kopengagendagi jamoa qarorgohini tark etdi. Payshanbaga o‘tar kechasi 41 yoshli futbolchi Madridga yetib keldi. Taxminlarga ko‘ra, afsonaviy futbolchi yaqin vaqt ichida rasmiy bayonot bilan chiqish qiladi.
"Bo‘ldi. Krishtianu hammaning alamini oladigan boks qopi emas. U o‘n yildan ham avval o‘z obro‘si va merosini yaratib bo‘lgan, unda hamma narsa bor. Endi u o‘zi istagan ishni qilishga haqli. Endi esa ular uni butun dunyo oldida kamsitmoqchimi?
Murabbiy uni kamsitadi, keyin esa matbuot anjumaniga chiqib, Ronalduni aynan o‘zi kamsitgani bilan maqtanadimi? Krishtianuning o‘rnida bo‘lganimda, men ancha oldin ketgan bo‘lardim. Menimcha, u juda uzoq vaqt chidadi, ayniqsa Jezush va Pedru Proensaga", — dedi Agirre El Chiringuito dasturida.
Eslatib o‘tamiz, Norvegiyaga qarshi so‘nggi uchrashuvda Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronalduga qizdirish mashqlarini boshlashni buyurgan, ammo unga o‘yin amaliyoti berishga va’da qilganiga qaramay, maydonga tushirmagan.













