Kirish Ro'yxatdan o'tish

O‘zbekistonlik hakamlar Osiyo o‘yinlari finallarida ishlaydi

O‘zbekistonlik hakamlar Osiyo o‘yinlari finallarida ishlaydi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik hakamlar Aichi-Nagoya–2026 Osiyo o‘yinlarining final uchrashuvlarida faoliyat olib boradi.

3 oktyabr kuni erkaklar futboli bo‘yicha Janubiy Koreya va Yaponiya terma jamoalari o‘rtasidagi final bahsida o‘zbekistonlik ikki hakam ishlaydi.

Ruslan Serazitdinov uchrashuvda yordamchi hakam vazifasini bajaradi. Firdavs Norsafarov esa VAR hakami sifatida faoliyat olib boradi.

Bundan tashqari, Norsafarov 2 oktyabr kuni KXDR va Yaponiya ayollar terma jamoalari o‘rtasidagi final uchrashuvida ham VAR hakami sifatida ishlaydi.

Shu tariqa, o‘zbekistonlik hakamlar Osiyo o‘yinlarining hal qiluvchi bahslarida ham ishtirok etadi.

Kiritildi: 10:23, 01.10.2026.
O'qildi: 942 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик