Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Faoliyatini tugatgan Shmeyxel: "Hozir to‘liq stavkada Uber haydovchisiman"

Faoliyatini tugatgan Shmeyxel: "Hozir to‘liq stavkada Uber haydovchisiman"

Baho:
+ | -

Daniya terma jamoasining sobiq darvozaboni Kasper Shmeyxel may oyida futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin Uber haydovchisiga aylangani haqida hazil qildi.

"Mening uch nafar farzandim bor. Aslida, hozir to‘liq stavkada Uber haydovchisi bo‘lib ishlayapman.

Bu juda g‘alati o‘tish davri. Men bunga tayyor emasdim. Hayot turli syurprizlar taqdim etadi, men esa ularga moslashyapman. Kurslarda o‘qiyapman, televideniyeda ishlayapman, bolalarimni kerakli joylarga olib boryapman.

Faoliyatimni o‘z xohishim bilan emas, jarohat tufayli yakunlaganim uchun ichimda hali ham raqobat ruhi bor. Men murabbiy, menejer bo‘lishni yoki yuqoriroq lavozimda ishlashni istardim. Bu olov hali ham ichimda yonib turibdi.

Murabbiylik lisenziyalarini olish jarayoni menga unchalik yoqmaydi, ammo bu zarur. Lekin maydonga chiqqanimda, mashg‘ulot o‘tkazganimda yoki yosh futbolchilarga yordam berganimda, bundan chindan ham zavq olaman.

Butun hayotim davomida mendan yuqori natijalar kutilishiga o‘rganganman va bu meni ilhomlantirardi. Endi esa bir zumda bularning barchasi yo‘qoldi. Shu dopamin hissini boshqa bir narsa bilan almashtirish kerak", — dedi 39 yoshli daniyalik Kopengagenda bo‘lib o‘tgan Yevropa klublari assosiasiyasi Bosh assambleyasida.

Kasper professional faoliyatini "Manchester Siti"da boshlagan va bu klubdan 5 marta ijara asosida boshqa jamoalarga o‘tgan. Keyinchalik u "Notts Kaunti", "Lids", "Lester", "Nissa", "Anderlext" va "Seltik" klublarida to‘p tepgan.

Shmeyxel "Lester" safida 2016 yil Angliya chempioni bo‘lgan, 2021 yil esa Angliya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan. "Seltik" bilan ikki marta Shotlandiya chempionligini va bir marta Shotlandiya liga kubogini qo‘lga kiritgan.

Shmeyxel Daniya terma jamoasi safida 120 ta o‘yin o‘tkazgan.

Kiritildi: 10:53, 01.10.2026.
O'qildi: 686 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик