Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Mbappening «Real» mashg‘ulotlarida ko‘rinmayotgani savollar tug‘dirdi

Mbappening «Real» mashg‘ulotlarida ko‘rinmayotgani savollar tug‘dirdi

Baho:
+ | -

El Chiringuito TV nashri Kilian Mbappening Fransiya terma jamoasi qarorgohidan jarohat bilan qaytganiga qaramay, so‘nggi ikki kun davomida «Real»ning Valdebebasdagi mashg‘ulot bazasida ko‘rinmaganiga e’tibor qaratdi.

«Mbappe so‘nggi ikki kun ichida Valdebebasga kelmadi.

Bu sirli holat. U Fransiyadan jarohat bilan qaytdi, ammo mashg‘ulot bazasida tiklanish jarayonini o‘tkazmayapti», — deyiladi xabarda.

Fransiyalik hujumchi Turkiyaga qarshi g‘alabali uchrashuvda chap tizzasini shikastlab olgan edi. Baxtga ko‘ra, jarohat jiddiy bo‘lib chiqmadi va bu Madrid klubi uchun yaxshi xabar bo‘ldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Mbappening tiklanishi taxminan ikki hafta davom etadi. Agar jarayon reja bo‘yicha kechsa, u xalqaro tanaffusdan keyin La Liga doirasida «Vilyarreal»ga qarshi uchrashuvda maydonga qaytishi mumkin.

Kiritildi: 12:15, 01.10.2026.
O'qildi: 560 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик