Superliganing joriy mavsumida 22-turdan keyin eng ko‘p zarba yo‘llagan futbolchilar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha OKMK futbolchisi Nodir Abdurazzoqov yetakchilik qilmoqda. U raqiblar darvozasi tomon jami 67 marta zarba yo‘llagan.
Ikkinchi o‘rinda "Lokomotiv" hujumchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov — 62 ta zarba bilan bormoqda. "So‘g‘diyona" vakili Lyupcho Doriyev 60 ta zarba bilan uchinchi pog‘onada.
Kuchli to‘rtlikni "Nasaf" hujumchisi Bobur Abduxoliqov yakunlab bergan — 58 ta zarba.
22-turdan keyin eng ko‘p zarba yo‘llagan futbolchilar:
- Nodir Abdurazzoqov (OKMK) — 67
- Temurxo‘ja Abduxoliqov ("Lokomotiv") — 62
- Lyupcho Doriyev ("So‘g‘diyona") — 60
- Bobur Abduxoliqov ("Nasaf") — 58














