«Brayton» hujumchisi Xaralampos Kostulas Yevropaning top-klublari e’tiborida. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Jurnalist ma’lumotiga ko‘ra, 19 yoshli grek hujumchisining o‘yinlarini Londonning «Chelsi» va Milanning «Inter» klublari kuzatib bormoqda. «Brayton» rahbariyati esa futbolchining transfer qiymatini 60–70 million yevro deb baholamoqda.
Joriy mavsumda Kostulas 8 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Hujumchi 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Angliya Premyer-ligasining beshta turidan so‘ng «Brayton» 10 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.













