Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Merfi: «Pedro — Xolandning asosiy raqibi, Palmer va Rojers uni doimo to‘plar bilan ta’minlab turadi»

Merfi: «Pedro — Xolandning asosiy raqibi, Palmer va Rojers uni doimo to‘plar bilan ta’minlab turadi»

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Denni Merfi APL to‘purarlar poygasida Erling Xolandga kimlar raqobat qila olishi haqida fikr bildirdi.

«Menimcha, Joau Pedro o‘zining sifatlari va, eng muhimi, «Chelsi»da uni to‘plar bilan ta’minlab turadigan futbolchilarni hisobga olganda, Erling Xolandning asosiy raqibi. Har hafta senga Koul Palmer va Morgan Rojers assist qilib tursa... Agar ular jarohatlardan qochib, yevrokuboklarda o‘ynamasa, ya’ni haftasiga faqat bittadan o‘yin o‘tkazsa, unda Joau Pedro albatta gol urish uchun imkoniyatlarga ega bo‘ladi.

Shunga qaramay, menimcha, hatto u ajoyib mavsum o‘tkazgan taqdirda ham Xolanddan ortda qoladi. Chunki Erlingning eng turli, ba’zan juda oddiy ko‘rinishdagi gollarni ham urishdek ajoyib qobiliyati bor. U hatto eng yaxshi o‘ynamayotgan yoki o‘yindan tushib qolgandek ko‘ringan paytlarda ham gol urishning uddasidan chiqadi. U qandaydir tarzda baribir gol uraveradi. U qilayotgan ishlar shunchaki aqlbovar qilmas va hayratlanarli.

Yana bir «qorong‘i ot» — agar jarohatlardan qocha olsa — Xavers bo‘lishi mumkin. U Xolandga yetib olishi aniq emas, ammo Kay sovuqqonlik bilan vaziyatlarni golga aylantira olishi sababli kuchli uchlik yoki to‘rtlikka kirishi mumkin.

Agar u safda bo‘lsa, «Arsenal» unga gol urish uchun yetarlicha imkoniyat yaratib beradi. Bundan tashqari, u havodagi kurashlarda ham juda yaxshi o‘ynaydi. Menimcha, u Xolandga munosib raqobat ko‘rsatib, to‘purarlar poygasida uni ta’qib qilishi mumkin. Agar «Arsenal» ustunlik qilishda va g‘alaba qozonishda davom etsa, Xaverts esa sog‘lom bo‘lsa, u juda ko‘p gol uradi», — dedi Merfi Snabbare nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: 15:55, 01.10.2026.
O'qildi: 644 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик