Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Mourinyo Mbappe bo‘yicha rejani ma’qulladi

Mourinyo Mbappe bo‘yicha rejani ma’qulladi

Baho:
+ | -

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyu hujumchi Kilian Mbappening jarohatdan tiklanish rejasini ma’qulladi. Yulduz futbolchi yaqinda Fransiya terma jamoasi qarorgohida jarohat olgan edi.

AS nashri xabar berishicha, Mbappe Parijda do‘stlari davrasida ko‘rinish bergan. Mourinyu bu safarga ruxsat bergan — «Real»da hozir Kilianga asosan dam olish kerak, deb hisoblashmoqda. Shu sababli futbolchining ayni paytda klub bazasida bo‘lishi shart emas.

Rejaga ko‘ra, Mbappe keyingi haftadan jarohatdan tiklanish jarayonini yanada faollashtiradi. «Real»da uni «Vilyarreal»ga qarshi uchrashuvga albatta tayyorlash maqsadi yo‘q.

Madridliklar tavakkal qilishni istamaydi. Klub uchun Mbappening 25 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan «el-klasiko»ga to‘liq tayyor bo‘lishi ancha muhim.

Shu bois hujumchi yaqin oradagi bitta yoki hatto bir nechta uchrashuvni o‘tkazib yuborishi mumkin.

Kiritildi: 16:55, 01.10.2026.
O'qildi: 1067 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик