Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

A Seriyada avgust-sentyabr oylarining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

A Seriyada avgust-sentyabr oylarining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Baho:
+1 | -

Italiya A Seriyasida avgust-sentyabr oylari yakunlariga ko‘ra eng yaxshi futbolchi aniqlandi. Sovrin "Roma" hujumchisi Doniell Malenga nasib etdi.

Italiya chempionatining dastlabki besh turida Malen oltita gol urdi. Niderlandiyalik futbolchi "Fiorentina" darvozasiga uchta, "Lechche"ga ikkita va "Torino"ga bitta gol kiritdi.

Doniell Malen o‘z sovrinini 17 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan "Roma" — "Jenoa" uchrashuvi oldidan qabul qilib oladi.

Besh turdan keyin "Roma" A Seriya turnir jadvalida "Inter" va "Lasio" bilan birgalikda peshqadamlik qilmoqda. Uchala jamoa ham 13 tadan ochko to‘plagan.

"Roma" chempionatdagi navbatdagi uchrashuvini 11 oktyabr kuni safarda "Komo"ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 21:13, 01.10.2026.
O'qildi: 534 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик