"Milan" yarim himoyachisi Kristian Pulishich Italiya klubida qolishni xohlayotganini ma’lum qildi. Amerikalik futbolchining amaldagi shartnomasi mavsum yakunida tugaydi, biroq "Milan"da kelishuvni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bor.
"Hozir "Milan"da juda baxtliman va shu yerda qolishni xohlayman. Ayni paytda shartnomani uzaytirish haqida o‘ylamayapman, ammo bu yerda o‘zimni juda yaxshi his qilyapman", — deya Pulishichning so‘zlarini Daily Mail keltirdi.
28 yoshli futbolchi, shuningdek, golsiz seriyasini to‘xtatgani haqida ham gapirdi. U 20 sentyabr kuni "Lechche"ga qarshi 3:0 hisobida yakunlangan o‘yinda gol urgan edi.
"Bu men uchun katta yengillik bo‘ldi. "Milan" safida ancha vaqtdan beri gol urmagan edim, shuning uchun bu menga juda yoqimli bo‘ldi", — dedi u.
Mavsum boshida jarohatdan tiklangan amerikalik futbolchi A Seriyadagi dastlabki uchta o‘yinni zaxirada boshladi. Keyin u "Lasio"ga qarshi 2:2 hisobida yakunlangan bahsda zaxiradan maydonga tushib, golli uzatmani amalga oshirdi, navbatdagi uchrashuvda esa gol urdi.













