"Manchester Yunayted" va "Chelsi" vakillari "Galatasaray" yarim himoyachisi Aleksey Batrakovni kuzatish maqsadida turk klubining uchrashuviga borishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Haber7 xabar berdi.
Angliya klublari skautlari Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 2-turidan o‘rin olgan "Galatasaray" — "Barselona" uchrashuviga tashrif buyuradi. Ular mazkur bahsda rossiyalik futbolchining harakatlarini kuzatadi. Uchrashuv 13 oktyabr kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq "Manchester Yunayted" va "Chelsi" Batrakovni "Lokomotiv"dan sotib olishga qiziqqan, ammo sanksiyalar sabab transferni amalga oshira olmagan edi.
21 yoshli futbolchi yozgi transfer oynasida "Lokomotiv"dan "Galatasaray"ga o‘tdi.
Batrakov Turkiya klubi safida hozirga qadar beshta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.













