"Yuventus" sobiq futbolchisi Klaudio Markizio "Tottenxem" darvozaboni Gulyelmo Vikarioning Turin klubiga o‘tishini yuqori baholadi.
29 yoshli italiyalik darvozabon yozda "Yuventus" safiga mavsum oxiriga qadar ijara asosida qo‘shildi. Kelishuvda futbolchini sotib olish huquqi ham ko‘zda tutilgan.
"Vikario — ajoyib transfer. Italiyalik futbolchilarning kamligi faqat "Yuventus" emas, barcha yirik klublar uchun muammo. Zamon o‘zgardi, qoidalar esa o‘zgarmadi", — dedi Markizio Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.
Vikario tezda Luchano Spalletti jamoasining asosiy darvozaboniga aylandi. Joriy mavsumda u A Seriyada beshta uchrashuv o‘tkazib, shularning uchtasida o‘z darvozasidan gol o‘tkazmadi.













