Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Millatlar ligasi. Portugaliya Krishtianu Ronaldusiz Daniyani mag‘lub etdi

Millatlar ligasi. Portugaliya Krishtianu Ronaldusiz Daniyani mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Millatlar ligasi musobaqsi "A" ligasi 4-guruhida 3-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Daniya va Portugaliya terma jamoalari Kopengagendagi «Parken» stadionida maydonga tushdi. Ukrainalik Nikolay Balakin bosh hakamlik qilgan uchrashuvda portugaliyaliklar 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda hisob 13-daqiqada ochildi. Portugaliya himoyachisi Joau Kanselu jamoasini oldinga olib chiqdi — 1:0. 23-daqiqada Mikkel Damsgor hisobni tenglashtirdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, Gonsalu Ramush portugaliyaliklarni yana oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida, 53-daqiqada Daniya hujumchisi Rasmus Xoylund yana hisobni tenglashtirdi — 2:2. 67-daqiqada Vitinya Portugaliyaga uchinchi golni olib keldi. 87-daqiqada Joau Feliks yakuniy hisobni o‘rnatdi — 4:2.

Shu tariqa Portugaliya terma jamoasi Ronaldusiz muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Avvalroq Portugaliya hujumchisi Krishtianu Ronaldu terma jamoa ixtiyorini tark etgan edi. Bunga qadar bosh murabbiy Jorje Jezush jamoa ichida Ronaldu bilan bog‘liq mojaro yo‘qligini bildirgan. Portugaliyaning bir qator ommaviy axborot vositalari esa Ronaldu terma jamoadagi faoliyatini yakunlash niyatida ekanini xabar qilgan.

3 ta turdan keyin Portugaliya 9 ochko bilan 4-guruh peshqadami bo‘lib turibdi. Daniya esa 3 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Millatlar ligasi — A ligasi, 4-guruh, 3-tur
1 oktyabr, Kopengagen, «Parken» stadioni
Daniya — Portugaliya — 2:4
Gollar: 0:1 — Kanselu, 13, 1:1 — Damsgor, 23, 1:2 — Ramush, 25, 2:2 — Xoylund, 53, 2:3 — Vitinya, 67, 2:4 — Feliks, 87
Bosh hakam: Nikolay Balakin (Ukraina).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:41, 02.10.2026.
O'qildi: 871 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик