O‘zbekiston milliy terma jamoasining Suriyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuviga bag‘ishlangan maxsus backstage-video taqdim etildi.
Videoda milliy jamoamizning stadionga yetib kelishidan tortib, uchrashuv yakunida maydonni tark etishiga qadar bo‘lgan jarayonlar namoyish etilgan.
Shuningdek, kiyinish xonasidagi muhit, murabbiylar shtabining ko‘rsatmalari, futbolchilarning o‘yinga tayyorgarligi, maydondagi kurash, urilgan gollar va uchrashuvdan keyingi emosiyalar ham videodan o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Suriyani 4:1 hisobida mag‘lub etgan edi.













