Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini Millatlar ligasida Fransiyaga qarshi o‘yinda jamoasi faqat g‘alabani ko‘zlab maydonga tushishini ta’kidladi.
Uchrashuv 2 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
"Bu ajoyib futbolchilarga ega juda kuchli jamoaga qarshi zo‘r o‘yin bo‘ladi. Biz har doim yaxshi futbol ko‘rsatishni istaymiz va qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz.
Bunday kuchli jamoalarga qarshi g‘alabani ko‘zlamasdan o‘ynab bo‘lmaydi. Shuning uchun biz doimo g‘alaba qozonishga intilishimiz kerak. Keyin esa har qanday natija bo‘lishi mumkin", — deya Manchinining so‘zlarini Football Italia keltirdi.
Murabbiy, shuningdek, Turkiyaga qarshi 4:1 hisobida yakunlangan uchrashuv bilan taqqoslaganda asosiy tarkibda kamroq o‘zgarish bo‘lishini ma’lum qildi.
Jakomo Raspadori va Nikolo Dzanyolo esa jarohat sabab Italiya terma jamoasi qarorgohini tark etgan.













