Leverkuzenning «Bayer» klubi himoyachisi Jarell Kuansa faoliyatini Madridning «Real» jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda SPORT BILD xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Real» 23 yoshli himoyachiga jiddiy qiziqish bildirmoqda va uning o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Biroq madridliklar futbolchini sotib olmoqchi bo‘lsa, katta mablag‘ sarflashiga to‘g‘ri keladi. Yozda «Bayer» «Arsenal»ning Kuansa uchun bergan 65 million yevrolik taklifini rad etgan.
Shuningdek, Kuansa «Chelsi»ning ham transfer ro‘yxatida ekani qayd etilmoqda. «Liverpul» esa futbolchini 2027 yil 15 iyunga qadar 70 million yevroga qayta sotib olish huquqiga ega.
Kuansa yangi mavsumda barcha musobaqalar doirasida oltita uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.













