Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Karrenyo: «Ronaldu Messi bilan kurashdi, ammo o‘z egosiga yutqazdi»

Karrenyo: «Ronaldu Messi bilan kurashdi, ammo o‘z egosiga yutqazdi»

Baho:
+2 | -

Ispaniyalik radio va televideniye boshlovchisi Manuel Bartolome Karrenyo Molina Krishtianu Ronaldu bilan bog‘liq vaziyatga munosabat bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Daniyaga qarshi Kopengagenda o‘tgan Millatlar ligasi uchrashuvi arafasida Ronaldu murabbiy Jorje Jezush bilan kelishmovchilik sabab Portugaliya terma jamoasi qarorgohini tark etgan edi. Keyinroq Krishtianu milliy jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqida xabarlar tarqaldi.

«Bugun Portugaliya Krishtianu Ronaldusiz o‘ynayapti. Qanday sportchi! Qanday futbolchi! Shuncha yil davomida hamma narsani yutib kelgan, uning darajasidagi futbolchini yana qachon ko‘ramiz?

Uning hisobida beshta «Oltin to‘p», shuningdek, bir nechta «Oltin butsa» va chempionatning eng yaxshi to‘purari sovrinlari bor. Milliy terma jamoa bilan Yevropa chempionatini yutdi, klub futbolida esa, ayniqsa, Madridning «Real» klubida deyarli barcha sovrinlarni qo‘lga kiritdi.

Ammo u yenga olmagan faqat ikki raqib bor edi. Birinchisi — jahon futboli taxti uchun yillar davomida kurashgan Leo Messi. U Messini yenga olmadi, ammo uzoq yillar unga qarshi kurashdi. Ikkinchisi esa boshqa hech kim emas, uning o‘z egosi edi. Va, aftidan, Ronaldu aynan unga yutqazdi», — dedi Karrenyo.

Kiritildi: 11:22, 02.10.2026.
O'qildi: 573 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик