Norvegiya terma jamoasi sardori Martin Edegor Millatlar ligasida Uelsdan uchralgan kutilmagan mag‘lubiyatga munosabat bildirdi. Guruh bosqichi uchinchi tur uchrashuvi 1:2 hisobida yakunlandi.
«Uzoq vaqtdan beri birinchi marta shunday og‘riqli zarba olgandek his qilyapmiz. Endi o‘zimizni qo‘lga olishimiz, birlashishimiz va munosib javob berishimiz kerak», — deya Edegorning so‘zlarini The Guardian keltirdi.
Uch turdan so‘ng Norvegiya terma jamoasi 3 ochko bilan to‘rtinchi guruh turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Navbatdagi turda Stole Solbakken shogirdlari safarda Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 4 oktyabr kuni 23:45 da boshlanadi.













