Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Ferran Torres jamoa ixtiyorini tark etdi. Bunga uning chap to‘pig‘idagi muammo sabab bo‘ldi.
«Dastlabki bosqichdagi muammo uning mashg‘ulot o‘tkazishi va o‘yinlarda ishtirok etishiga xalaqit bermagan edi.
Biroq alomatlar saqlanib qolayotgani sababli futbolchini terma jamoadan qaytarishga qaror qilindi.
Endi asosiy e’tibor uning tiklanishiga qaratiladi», — deyiladi Ispaniya Qirollik futbol federasiyasi saytidagi xabarda.













