Kirish Ro'yxatdan o'tish

Tuxel "Manchester Siti" ishi Angliya termasida muhokama qilinayotganini tasdiqladi

Tuxel "Manchester Siti" ishi Angliya termasida muhokama qilinayotganini tasdiqladi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel milliy jamoada "Manchester Siti" bilan bog‘liq vaziyat muhokama qilinayotgan yoki yo‘qligi haqidagi savolga javob berdi.

"Shaharliklar" moliyaviy qoidalarni jiddiy buzganlikda ayblangan. Klub esa o‘zini aybsiz deb hisoblamoqda va mustaqil komissiya qarori ustidan apellyasiya bergan.

"Albatta, futbolchilar bu haqda gaplashmoqda. "Manchester Siti" futbolchilari ham bu mavzuni muhokama qilyapti. Biz ular bilan bu haqda gaplashamiz, ammo juda qisqa. Ular ertagayoq maydonga tushishga tayyor. Bu ularning o‘yinidan ham ko‘rinib turibdi. Ammo, albatta, bu yig‘inda muhokama qilinayotgan katta mavzu", — deya Tuxelning so‘zlarini BBC keltirdi.

3 oktyabr, shanba kuni Angliya terma jamoasi UYEFA Millatlar ligasi doirasida Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 22:21, 02.10.2026.
O'qildi: 702 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик