Maykl Olise Fransiya terma jamoasi safida ketma-ket ikkinchi o‘yinda gol urdi.
Vinger Millatlar ligasida Italiyaga qarshi bahsda jarima zarbasini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. To‘p avval darvoza to‘siniga tegib, so‘ng to‘rdan joy oldi.
24 yoshli futbolchi uchun bu joriy mavsumda Fransiya terma jamoasi va "Bavariya" safida o‘tkazgan 10 ta o‘yindagi 10-goli bo‘ldi. Shuningdek, Olise ushbu uchrashuvlarda 4 ta golli uzatma ham bergan.













