"Komo" va Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Lukas da Kunya bir nechta Angliya klublari qiziqish doirasiga tushgan. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
25 yoshli fransuz futbolchisini transfer qilishga Londonning "Chelsi" klubi, shuningdek, "Nottingem Forest" va "Bornmut" qiziqish bildirmoqda.
Italiya klubi esa Da Kunyani sotishdan 50 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda. Futbolchining "Komo" bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.
Joriy mavsumda Lukas da Kunya Italiya chempionatida 5 ta o‘yin o‘tkazdi, ammo gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.













