Turinning «Yuventus» klubi tarkibini yangilashni rejalashtirmoqda va bir qator futbolchilarni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Tuttosport xabar berdi.
Italiya OAV ma’lumotiga ko‘ra, «Yuventus»ning ehtimoliy yangi futbolchilari ro‘yxatidan quyidagi o‘yinchilar joy olgan: Alisson Beker («Liverpul»), Umar Sole («Udineze»), David Raum («RB Leypsig»), Tayrik Mitchell («Kristal Pelas»), Stanislav Lobotka («Napoli»), Mateo Kovachich («Manchester Siti»), Braim Dias («Real») va Jan-Filipp Mateta («Kristal Pelas»).
A Seriyaning dastlabki 5 turidan so‘ng «Yuventus» 10 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 7-o‘rinni egallab turibdi.













