«Real»ning sobiq murabbiyi va Karlo Anchelottining o‘g‘li Davide Anchelotti Joze Mourinyu «qaymoqranglilar» uchun mos murabbiy ekani haqidagi savolga javob berdi.
«Ha. “Real”ning yaqin o‘tmishdagi tarixi nima uchun aynan hozir Mourinyu ideal murabbiy ekanini ko‘rsatib turibdi. U “Real”ni juda yaxshi ko‘radi va nihoyatda kuchli motivasiyaga ega. Men otam bilan birga shunga o‘xshash holatni boshdan kechirganman», — dedi Anchelotti Diario AS nashriga bergan intervyusida.
Mourinyu o‘tgan yozda Alvaro Arbeloani almashtirib, «Real»ning yangi bosh murabbiyiga aylangan edi.
Portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostida Madrid klubi La Liganing 7 turidan keyin 15 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi.













