Millatlar ligasi guruh bosqichi uchinchi turida Fransiya terma jamoasi Italiya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Maydon egalari safidagi yagona golni hujumkor yarim himoyachi Maykl Olise urdi.
Vinger turnirdagi uchala o‘yinda ham samarali harakat qayd etdi. Stats du Foot ma’lumotiga ko‘ra, Maykl Fransiya terma jamoasi tarixida yangi bosh murabbiy qo‘l ostidagi dastlabki uchta o‘yinning har birida golli harakatni amalga oshirgan ilk futbolchi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, yozda Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga Zinedin Zidan tayinlangan edi.
Fransiyaliklar keyingi uchrashuvni 5 oktyabr kuni o‘z maydonida Belgiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.













