"PSJ" futbolchisi Fabian Ruis Millatlar ligasi doirasida Chexiyaga qarshi o‘yin oldidan Ispaniya terma jamoasi yig‘inini tark etdi.
AS nashri ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi birinchi farzandi tug‘ilishida ishtirok etish uchun Parijga yo‘l olgan.
Shu sababli yarim himoyachi Chexiya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi.
Luis de la Fuente jamoasi Millatlar ligasining joriy mavsumida avvalgi ikki uchrashuvda ham g‘alaba qozongan: Angliya 3:2, Xorvatiya esa 4:1 hisobida mag‘lub etilgan.
3 oktyabr kuni Ispaniya Ovyedoda Chexiyani qabul qiladi. Shundan so‘ng ispaniyaliklar 6 oktyabr kuni safarda Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi. Har ikki uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.













