Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

"PSJ" hali transferi kafolatlanmagan futbolchi uchun "Braga"ga 3,3 mln yevro to‘ladi

"PSJ" hali transferi kafolatlanmagan futbolchi uchun "Braga"ga 3,3 mln yevro to‘ladi

Baho:
+ | -

"PSJ" Portugaliyaning "Braga" klubiga yarim himoyachi Mario Dorjelesning kelajakdagi transferi bo‘yicha ustuvor huquq uchun 3,3 million yevro to‘ladi. Bu haqda Foot Mercato xabar berdi.

Kelishuv haqidagi ma’lumot "Braga"ning moliyaviy hisoboti e’lon qilinganidan so‘ng ma’lum bo‘ldi. To‘lov "ustuvor tanlov huquqi" sifatida rasmiylashtirilgan.

Bu mablag‘ Dorjeles kelajakda albatta "PSJ"ga o‘tishini anglatmaydi. U faqat futbolchi sotilishi mumkin bo‘lgan taqdirda Parij klubiga ustuvor mavqe beradi.

Dorjeles 2025 yil yozida Daniyaning "Norshellann" klubidan "Braga"ga o‘tgan. Debyut mavsumida yarim himoyachi barcha musobaqalarda 39 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Avvalroq Dorjelesga "Arsenal", "Chelsi", "Nyukasl" va "Brayton" ham qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 22:18, 03.10.2026.
O'qildi: 902 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик